Roman-german filologiyasi fakulteti
Fakultet tarixi:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi PQ-1875 sonli qarori hamda 2013 yil 23 maydagi “O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida” gi PQ–1971 sonli qarori asosida nemis, fransuz, ispan filologiyasi fakultetlari negizida roman-german filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 2017 yil 2- sentabrdan filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi, 2023-yil 27-oktabr sanasidan boshlab esa ta’limning kechki shaklida tahsil oluvchi filologiya va tillarni o’qitish (nemis,fransuz va ispan tili) ta’lim yo’nalishi ham fakultet tarkibiga kiritildi.
Fakultet tarkibi:
Dekan: Xakimov Xamidullo Inamovich
Roman-german filologiyasi fakulteti dekani
E-mail: khakimovrgf@mail.ru
Ish vaqt: Har kuni 08.30 dan 21.00 ga qadar
Dekan o’rinbosarlari:
Dekan o’rinbosari: Elnazarov Shahboz Eshtemir o’gli
Roman-german filologiyasi fakulteti dekan o’rinbosari
E-mail: shahbozelnazarov851@gmail.com
Ish vaqt:Har kuni 08.30 dan 21.00 ga qadar
Dekan o’rinbosari: Mallayev Abdug’ani Qayumovich
Roman-german filologiyasi fakulteti dekan o’rinbosari
E-mail: Abdugani_mallayev@mail.ru
Ish vaqt:Har kuni 08.30 dan 21.00 ga qadar
Dekan o’rinbosari: Amanov Javlon Shuhrat o’g’li
Roman-german filologiyasi fakulteti dekan o’rinbosari
E-mail: amanovjavlon1998@mail.com
Ish vaqt:Har kuni 08.30 dan 21.00 ga qadar
Hozirda fakultetda 6 ta kafedra faoliyat olib boradi:
1. Nemis tili nazariy fanlar
2. Nemis tili amaliy fanlar
3. Fransuz tili nazariy fanlar
4. Fransuz tili amaliy fanlar
5. Ispan tili nazariy fanlar
6. Ispan tili amaliy fanlar
Bugungi kunda fakultetda kunduzgi va kechki ta’limda tahsil oluvchi 1548 nafardan ortiq talabalarga o‘z sohasining yetuk bilimdonlari bo‘lgan 89 nafar professor-o‘qituvchilar dars berib keladi. Ularning 4 nafari fan doktori – professor, 17 nafari esa fan nomzodi – dotsent ilmiy darajasiga ega tajribali ustozlardir. Shuningek 4 nafar xorijiy mutaxassislar ham fakultetda pedagog sifatida samarali faoliyat yuritishga jalb etilgan.
Fakultetda bakalavriyat yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga asosiy til sifatida fransuz, nemis, ispan tillari bilan bir qatorda ikkinchi til sifatida ingliz tili o’rgatish barobarida gumanitar, tabiiy va umumkasbiy fanlardan ham dars mashg’ulotlari olib boriladi.
Bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari:
-Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili)
-Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)
-Filologiya va tillarni o‘qitish (ispan tili)
Asosiy shtat:
Fan doktori, professor – 4 nafar
Fan nomzodi, dotsent – 17 nafar
Katta o‘qituvchi – 24 nafar
O‘qituvchi – 31 nafar
O‘qituvchi – stajyor – 13 nafar
Jami – 89 nafar
Fakulteting xalqaro hamkor universitetlari:
Roman-german filologiyasi fakulteti quyidagi xalqaro e’tirof etilgan reytingi yuqori xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan:
1. Buenos Aires universiteti (Argentina),
2. Mar de Plata (Argentina),
3. UAEMex universiteti (Meksika),
4. Pontificia Bolivariana universiteti (Kolumbiya),
5. University of Sao Paulu USP (Braziliya),
6. University of Campinas UniCamp (Braziliya)
7. Universidad Federal de Paraná (Braziliya)
8. Castilla la Mancha universiteti (Ispaniya),
9. Complutense de Madrid universiteti (Ispaniya),
10. Malaga universiteti (Ispaniya),
11. Granada universiteti (Ispaniya),
12. Almeriya universiteti (Ispaniya),
13. Valladolid universiteti (Ispaniya)
14. Granada universiteti (Ispaniya)
15.Salamanka universiteti(Ispaniya)
16.Leon universiteti(Ispaniya)
17.Saragosa universiteti(Ispaniya)
18.Rioxa universiteti(Ispaniya)
19.Xaen universiteti(Ispaniya)
20.Sevilya universiteti(Ispaniya)
21.Uelva universiteti(Ispaniya)
22.Kordoba universiteti(Ispaniya)
23.Kadis universiteti(Ispaniya)
24. Alikante universiteti(Ispaniya)
25. Mursiya universiteti(Ispaniya)
26. Mayns universiteti(Germaniya)
27. Boxum Rur universiteti(Germaniya)
28. Frayburg universiteti(Germaniya)
29. Xaydelberg pedagogika universiteti(Germaniya)
30. Mannxaym Nemis tili instituti(Germaniya)
31. Gyote instituti(Germaniya)
32. Versal Akademiyasi Cyerji-Pontuaz universiteti(Fransiya)
33. Sent-Mart-Shavan ta’lim kompleksi(Fransiya)
34. Shimoliy Sorbonna universiteti (Fransiya)
35. Puatye universiteti (Fransiya)
36. STRALANG xususiy instituti (Fransiya)
- fakultet yutuqlari:
Erasmus+ (Credit Mobility) - Kredit almashinuv dasturi boʻyicha xalqaro hamkor universitetlar bilan 9 ta loyiha mavjud: Kordoba universiteti, Rioxa universiteti, Xaen universiteti, Kadis universiteti, Alikante universiteti, Sevilya universiteti, Mursiya universiteti, Castilla la Mancha, Puatye universiteti. Ushbu loyihalar doirasida fakultetning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari nufuzli oliy ta`lim muassasalarida malaka oshirib kelmoqda.
2024 yil sentyabr oyida o`tkazilgan Respublika Fan olimpiadasida ispan tili nazariy fanlar kafedrasi 4-bosqich talabasi Karimova Amaliya Baxromovna ispan tili yo’nalishida 1-o`rinni, fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi 3-bosqich talabasi Pirnazarova Sevara Doniyor qizi fransuz tili bo’yicha 1-o`rinni qo`lga kiritdi.