IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
Kafedra mudiri:
Zamonov Zokirjon Turg‘inovich (siyosiy fanlari nomzodi, dotsent)
Kafedra tarixi: Kafedra 1999 yil 24 aprelda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti tarkibida “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. 2013 yil avgust oyida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ilmiy kengashi qarori bilan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasiga aylantirildi. Qolaversa, О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kengashining 2024-yilning 29-avgustidagi 1-son bayonnomasi va 2024 yil 30 avgustdagi universitet rektorining 3561-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tarkibidan “Siyosiy fanlar” kafedrasi alohida ajralib chiqdi.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar: “Siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiya”, “Qiyosiy konstitutsiya”, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Konstitutsiyaviy huquq”, “Davlat xizmati va personal boshqaruv”, “Amaliy siyosatshunoslik”, “Geosiyosat”, “Fuqarolik jamiyati asoslari’, “Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi”, “Sotsiologiya tarixi”, “Umumiy sotsiologiya”, “Oila va gender sotsiologiyasi”, “Ijtimoiy siyosat”, “Ijtimoiy statistika”, “Mehnat va bamdlik sotsiologiyasi”, “Diplomatiya asoslari”, “Xalqaro munosabatlar tarixi”, “O‘zbekiston tashqi munosabatining huquqiy asoslari’ (2023-2024-o’quv yillari davomida). “Falsafa” va Dinshunoslik” (2024-2025-o’quv yillari davomida) o’qitilib kelinmoqda.
Kafedrada uning faoliyatiga tegishli Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, ko‘rsatma va yo‘riqnomalar, Universitet kengashi qarorlari, rektorat buyruq va ko‘rsatmalari asosida ish olib boradi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari umumiy shtat birligi bugungi kunda 25,5 ni tashkil etadi. Kafedrada jami professor-o‘qituvchilar soni 26 nafarni tashkil etib, shulardan 3 nafari fan doktori, professor; 9 nafari fan nomzodi va PhD (4 nafari dotsent). Umumiy ilmiy-pedagogik salohiyati 42,5 foizni tashkil etadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari 2020-2024-yillarda 30 ga yaqin ilmiy maqolalari O‘zbekiston Respublikasi OAK e’tirof etgan milliy jurnallarda, Amerika, Hindiston, Polsha, Azarbayjon kabi davlatlarining yuqori Impact factor jurnallarida chop etildi. Hozirgi kunda “Google scholar” ijtimoiy tarmog’ida ham o’z sahifasiga ega: H-index-3, i10-index-1.
Kafedrada o‘quv jarayoniga innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida har bir fan kesimida ishlab chiqilgan “Harakat dasturi” asosida barcha fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar to‘liq yaratilgan. Har bir professor-o‘qituvchining o‘quv uslubiy majmualari nashriyotdan chop etilib o‘quv jarayonlarida qo‘llab kelinmoqda. Davlat ta'lim standartlari asosida namunaviy fan dasturlariga tayangan holda fanlar bo‘yicha ishchi dastur hamda kelendar-tematik rejalari ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim (hozirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar) vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi “Oliy ta'lim mussasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 333-sonli Nizomi asosida talabalar bilimini baholash mezonlari yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va reyting nazorati jadvallarining ishlab chiqilgan. Shuningdek, talabalar bilimining xolisona baholash tartibi, mezonlari va talabalarning o‘zlashtirishlari muntazam ravishda kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilib boriladi.
Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari HEMIS kredit-modul axborot tizimiga kiritilgan. Ular tarkibiga – ma'ruza matnlari, taqdimot, video-dars, seminar ishlanmalari, tarqatma materiallar, glossariy, nazorat savol va topshiriqlari qamrab olingan. Bundan tashqari, tizmiga professor-o‘qituvchilari haqidagi ma'lumotlar ham kiritilgan.
O‘zDJTU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, kafedraning 2019 yilda 2 nafar, 2020 yilda ham 3 nafar, 2021 yilda 3 nafar tadqiqotchisi, 2023-yilda 2 nafari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Hozirgi kunda ham kafedraga biriktirilgan 3 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy ishlar olib bormoqda.
Kafedra professor о‘qituvchilari tomonidan sо‘nggi yillarda bir qancha о‘quv adabiyotlari nashr etilgan. Masalan, Z.Zamonov muallifligida 64 nomda 7 ta tilda 1-, 2-, 3-, 4-, 7-, 8-, 9-, 10- va 11 -sinf umumta’lim maktab o’quvchilari uchun “Tarbiya” darsligi (О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, 2021-2022-yy.), shuningdek, kafedra professor-oq’ituvchilari V.Qо‘chqorov va kafeda mudiri Z.Zamonovlar muallifligida 7 ta tilda “Ma’naviyat asoslari” darsligi (О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, 2018-y.); kafedra pofessori S.Raxmonov muallifligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun “Dinshunoslik” darsligi (О‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tavsiya etilgan, 2024-y.); S.Saidov muallifligida “Fuqarolik jamiyati” о‘quv qо‘llanmasi (О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, 2020-y.); I.Dilmuradov muallifligida “Xalqaro munosabatlar” о‘quv qо‘llanmasi (О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, 2021-y.), Z.Zamonov muallifligida “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida ma’naviy-axloqiy institutlarning о‘rni” (2023-y.) monografiyalari nashr etilgan.
Kafedra a’zolari tomonidan shu paytgacha Scopus va WOS tizimiga kiruvchi jurnallarda 3 ta maqola, yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan. Kafedra о‘qituvchilari va tadqiqotchilari doimiy ravishda xalqaro va respublika miqyosida о‘tkaziladigan konferensiyalarda faol qatnashib keladilar. 2018-2020 yillarda kafedrada PZ-20170928710-son “Harakatlar strategiyasini bajarish davrida mamlakatimizda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari (OAV misolida)” mavzusidagi ilmiy-amaliy grant loyihasi amalga oshirildi. Hozirgi kunda esa “Fuqarolik jamiyatining milliy va xalqaro indikatorlarini yaratish” mavzusida ilmiy-fundamental loyiha ishlab chiqilib О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi maxsus komissiyasiga taqdim etilgan.
Ijtimoiy fanlar kafedrasida “Ma'naviyat va ma'rifat yo‘nalishidagi ishlar rejasi” shakllantirilgan va uning ijrosi doimiy ravishda monitoring qilib boriladi. Bu borada, talabalarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, shuningdek boshqa qonunchilik asoslarining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatidan kleib chiqib universitet o’qituvchilariga ma’naviy-ma’rifiy soatlar tashkil etishda kafedra o’qituvchilari faollik ko’rsatib kelishmoqda.
Har o‘quv yilining boshlanishi sentyabr oyining birinchi haftasida kafedraning barcha professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar guruhlarida “Mustaqillik darslari” tashkil etib boriladi. Ularda asosan O‘zbekistonning mustaqillika erishishi jarayonlari, mustaqillik bizga bergan imkoniyat va imtiyozlar, so‘nggi yillarda davlat va jamiyat hayotida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “Taraqqiyot strategiyasi” doirasida ta'lim tizimidagi yangilanish va o‘zgarishlar haqida talabalarga ma'lumotlar berildi. Shuning bilan birga, Talabalarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash borasida ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.
Sо‘nggi yillarda О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlar davlat va jamiyat hayotini teran anglaydigan, ijtimoiy jihatdan faol va siyosiy bilim hamda kо‘nikmalarga ega yosh kadrlarga bо‘lgan talabni oshirmoqda.
Kafedraning professor o‘qituvchilaridan, xususan, kafedra mudiri Z.Zamonov Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ma'naviy targ‘ibot guruhi a'zosi hisoblanishadi. Bunda Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan respublikamizning barcha viloyat, tuman va shaharlarida tashkil etiladigan tadbir, davra suhbatlari va targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol qatnashib kelmoqda.
Bulardan tashqari, Universitet jamoatchilik asosida tashkil etilgan “Ijtimoiy jarayonlarni o’rganish” ilmiy tadqiqot instututida IJtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari (kafedra mudiri Z.Zamonov mazkur Institut direktor o’rinbosari hisoblanadi) Universitet va xalqaro miqyosida о‘tkaziladigan ilmiy anjuman va konferensiyalarda faol ishtirok etgan hamda Universitet doktorantlarining ilmiy faoliyatga oid ishlariga yordam berib keladi.
Shuningdek, kafedra tomonidan o‘quv yili davomida talabalar turar joyida ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular bilan madaniy uchrashuvlar o‘tkazish, huquqiy-targ‘ibot va kasbga yo‘naltirish ishlari doimiy ravishda amalga oshirib kelmoqda.
Kafedra mudiri telefoni: +99897-752-56-52
E-mail: zamonov754@mail.ru