Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi
Kafedra mudiri: Abduvahabova Mahina Azatovna
Qabul vaqti: dushanba-shanba (14:00- 16:00)
Tel raqami: +998950023251
E-mail: makhina.abduvahabova@gmail.com
Kafedra tarixi: O‘zDJTUning ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o‘z faoliyatini 2017-yildan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili 3 fakulteti “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi sifatida boshlagan. 2017-2020 yillar mobaynida filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Saidova kafedra mudiri vazifasini bajarib kelgan. 2020-2023 yillar davomida kafedra mudiri sifatida M.Itolmasov faoiyat yuritgan. 2023 yil sentabrdan esa ingliz tili nazariy aspektlari 2 kafedrasiga mudir sifatida Abduvahabova Mahina tayinlangan.
Joriy 2024-2025 o‘quv yilida jami (27 nafar professor o’qituvchi faoliyat olib boradi, shundan 3 nafari ilmiy daraja va unvonga ega), ichki oʻrindoshlik (3 nafar), tashqi o‘rindoshlik 1 ta, katta oʻqituvchi (5 nafar), oʻqituvchi (12 nafar), stajyor ʻqituvchi (7 nafar).
Kafedra mudiri haqida qisqacha ma'lumot: Abduvahabova Mahina Azatovna filolofiya fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD, dotsent 2009-yilda ilk bor ushbu dargohida o'z faoliyatini boshlagan. 2023 yil sentabrdan Ingliz tili nazariy aspektlari 2 kafedrasiga mudir sifatida tayinlangan.
Kafedraning asosiy maqsadi: Taʼlim to‘g‘ʼrisidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda “O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ning ustuvor vazifalarini taʼminlash doirasida zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Kafedraning asosiy vazifalari:
-Kafedraning nazariy ta’lim yo’nalishlarini, xususan, Leksikologiya, Kognitiv Semantika, Nazariy grammatika va til tarixi, Psixolingvistika, Adabiyot va ijod, Korpus lingvistikasi kabi nazariy va ChTO’IK, XTO’MMSh, Akadem chet tili, O’qish va Yozishda tanqidiy fikrlash kabi amaliy fanlarni (ma’ruza, seminar mashg’ulotlari va amaliy modullarni) innovatsion metodikalar asosida olib borish;
-oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan maʼruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
-talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertasiyalariga mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
-talabalar bilimini reyting tizimi asosida adolatli baholash;
-talabalarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;
-kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarini muhokama qilish;
-darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshka darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
-nodavlat taʼlim muassasalari buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
-iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
-kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
-tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
-taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integrasiyalashuvini taʼminlash;
-kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
-tajribali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.
Kafedraning ilmiy yoʻnalishi:
Ingliz tili nazariy aspektlari 2 kafedrasida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
-Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning nazariy masalalari.
-Zamonaviy lingvistik fan sohalarini innovatsion usullarda o’qitish.
-Xorijiy tillarni integrallsashgan holda o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish masalalari.
-Talabalarning akadem-ilmiy hamda tanqidiy tahlil ko’nikmalarini oshirish mezonlari.
Kafedrada oʻqitiladigan ta’lim yoʻnalishlari:
Bakalavriat yo‘nalishi: 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti ( ingliz tili va adabiyoti) yo’nalishidagi mutahassislik sohalari.
Kafedrada oʻqitiladigan fanlar: Chet tillarini o’qitish metodikasi, Akadem chet tili, Xorijiy tillarni o’qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, O’qish va yozishda tanqidiy fikrlash ko’nikmasini shakllantirish, Korpus lingvistikasi, Kognitiv semantika, Leksikologiya, Adabiyot va ijod, Psixolingvistika kabilar.
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari:
Kafedrada faoliyat olib borayotgan 5 nafar professor-o’qituvchi o’z ilmiy tadqiqot ishlarini yakuniga yetkazib muhokama bosqichlariga tayyorgarlik ko’rmoqda (Abduvahabova Mahina Dsc, Fayziyeva Nodira PhD, Polvonova Mahzuna PhD, Xayrullayeva Diloromlar PhD, Xusanova Shoxsanam PhD, Shakirova Madinalar PhD dissertatsiyalari). Kafedraning 23 asosiy shatatdagi o’qituvchilarining barchasi mustaqil tadqiqotchilar ilmiy maktabining 1-2-3 bosqich talabalari hisoblanadi.
Kafedrada ilmiy faoliyatni oshirishda ilmiy tadqiqot ishlarini oshirishga ixtisoslashtirilgan ilmiy to’garak faoliyati yo’lga qo’yilgan. 2024 yil doirasida talabalar e’tiboriga “Ilmiy tadqiqotchilarni tayyorlash” hamda “Bo’lajak stipendiantlar” to’garaklari o’z faoliyatini boshlagan”.
Kafedra yutuqlari:
2020-2023 o‘quv yilida uch nafar may va iyul oylarida o‘quv yilida ikki nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti hamda Norvich Nile malaka oshirish markazida mutaxassislik bo‘yicha malaka oshirdi. 2023-2024 yilda bir nafar o’qituvchu Finlyandiya va Shvetsiya davlatlarida 1 oylik ta’lim menedjmenti yo’nalishida stajirovka malaka amalaka oshirish kurslariga jalb etilgan, 2024-2025 joriy o’quv yilida 1 nafar o’qituvchi Turkiyaning Karabuk universitetida o’z malakasini oshirmoqda, 2025-yil aprel oyida Indoneziyaga kafedraning 3 nafar o'qituvchisi malaka oshirish kurslariga yuborilmoqda. MDX davlatlari OTMlari bilan imzolangan hamkorlik doirasida kafedra professor-o'qituvchilari tayyorlagan 2-fakultetning 3-bosqich talabalari Turkmanistonda xalqaro konferentisyada ishtirok etishga, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikalari va Latviyada tashkil qilingan qisqa muddatli stajorovka kurslariga o'qishga muvaffaq bo'ldilar, Rossiyaning Ural shahrida tashkil qilingan Talabalar Ilmiy loyihalari tanlovining mutlaq 1-2-o'rinini egallab g'oliblikni qo'lga kiritdilar. Bundan tashqari Turkmanistonda tashkil qilingan talabalarning xorijiy tillarni bilishi darajasini aniqlovchi Xalqaro olimpiadada ishtirok etib fahrli o'rinlarni oldilar.
Yo‘nalish bo‘yicha kafedrada ilmiy salohiyat 11 % ni tashkil etadi, jami 23 nafar asosiy shtatdagi va 4 nafar o‘rindoshlik asosida ishlovchi o‘qituvchilarning barchasi xalqaro va milliy (С1) sertifikatiga ega (100%).
O‘quv jarayoni malaka talablari va o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston va xorijda chop etilgan darslik va o‘quv metodik majmualar asosida olib boriladi. Shu kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilar tomondan 10 ta grif olgan o‘quv qo‘llanma hamda 20 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalar nashr qilingan.
Kafedra tomonidan har yili Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning dolzarb masalalari mavzusida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi. Xususan, 2025-yilning may oyida esa kafedra o'z xalqaro hamkorlari bilan "Zamonayiy kognitiv tadqiqotlar: baxs va munozara" nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazishni rejalashtirgan va unda chop etiladigan maqolalar SCOPUS bazasida indeksatsiya qilinadi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan tezis, ilmiy maqola, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etib kelinadi.
Ingliz tili nazariy aspektlari 2 kafedrasida turli mahalliy va xalqaro ta'lim muassasalar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Hindistonning Achariya xalqaro universiteti, Rossiyaning Ural davlar pedagogika universiteti, Rossiyaning Nijniy Novgorod Lingvistika universiteti, Tojikistonning Xo’jand Davlat universiteti bilan, Qozog’istonning Abilayxan universiteti, Turkiyaning Karabuk universiteti, Polshaning SWPS universiteti bilan ERASMUS+ doirasida, Malayziyaning Sains Malayziya universitetining mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlik memorandumlari imzolanib, turli yo'nalishlar bo'yicha xamkorlik aloqalari olib boriladi. Shu bilan birgalikda, kafedra IIV akademiyasi, hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 227-sonli umumta'lim maktabi, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligi mexanizatsiyalash muxandislari instituti hamda FVV akademiyasi bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlik memorandumlari imzolangan.
2024 yilda ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha 2024-yilga rejalashtirilgan maqsadli ko’rsatkichlarning indikatorida professor-o’qituvchilari bilan faol ishtirok etgani, fidokorona mehnati uchun hamda "Eng yaxshi BRM ko'rsatkichlariga ega" nominatsiyasi bo'yicha “Ingliz tili nazariy aspektlari 2” kafedrasi tashakkurnoma bilan taqdirlangan.