Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi
Universitet o‘quv-uslubiy boshqarmasi tarkibidagi ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmon va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, davlat hokimiyatining boshqa organlarining buyruqlari va normativ hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi xalqaro bitimlari, oliy taʼlim muassasasi Ustavi, rektorining buyruq va farmoyishlari, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari, ushbu Nizom va oliy taʼlim muassasasining boshqa normativ hujjatlariga muvofiq amalga tadbiq etadi va bajarilishini nazorat qilish bilan bir qatorda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekistonning boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlari, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari hamda xorijiy o‘quv yurtlarida to‘plangan o‘quv sohalardagi tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, farmoyish va ko‘rsatmalarini o‘rganish va ularni o‘quv-uslubiy jarayonga tatbiq etish tadbirlarini ishlab chiqadi;
- o‘quv jarayonini rejalashtiradi, tashkil qiladi va unga boshchilik qiladi;
- universitet kafedralarida, shuningdek, boshqa oliy o‘quv yurtlarida talabalarni o‘qitishning samarali shakllarini, o‘quv jarayonini tashkil etishni o‘rganadi hamda ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan takliflar kiritadi;
- dars jadvallari tuzish ustida ish olib boradi;
- zamonaviy baholash usullari, jumladan, “tayanch” iboralarga asoslangan yozma ish usuli, testlar orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qiladi. Mazkur nazorat natijalari asosida o‘quv-tematik rejalarga aniqliklar kiritadi, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlaydi;
- fakultetlarda o‘quv jarayoni tashkil qilinishini reydlar asosida tekshiradi, nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida dekanlar e’tiboriga havola etadi;
- universitet fakultetlarida o‘quv ishlarning tashkil etilishini o‘rganadi;
- universitet fakultet va kafedralarida o‘quv ishlarni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi;
- Talabalarga qayta o‘qishni tashkil qilish (fan guruhlarini yaratish, arizalami ko‘rib chiqish, fan guruhlarini tashkil qilish, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish.