Qadrli Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari!
Barchangizni bugungi 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
Talabalik umrning begʻubor fasli, katta hayot sari qadam qoʻyish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri. Avvalo ana shunday ulkan baxtga erishganingiz bilan siz azizlarni chin qalbimdan tabriklayman.
Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun asosiy tayanch boʻlgan siz yoshlar jamiyatning muhim qatlami hisoblanasiz. Yuqori salohiyatli, ziyoli va bilimli yoshlar har jabhada biz uchun kuch-qudrat manbai boʻlib xizmat qiladi.
Bugun bizning universitetimiz qanday yutuqlarga etishgan boʻlsa, bunda siz aziz talabalarning oʻrningiz beqiyos. Universitetimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, taqdim etilayotgan imtiyozlarning hammasi siz azizlar uchun.
Bizning yagona maqsadimiz xalqimiz uchun tom maʼnoda xizmat qila oladigan kadrlarni tayyorlab berishdir. Bunda bizga sizlarning orzu-intilishlaringiz, ilgʻor gʻoya va tashabbuslaringiz, azm-u shijoatingiz, iqtidoringiz koʻmak boʻladi.
Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari erishayotgan yutuqlardan har qancha faxrlansa, maqtansa arziydi. Sizlarning “Shuhrat” medali, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Kelajak bunyodkori” medali kabi davlat mukofotlari loyiq koʻrilayotganingiz, Prezident va nomdor davlat stipendiyalariga sazovor boʻlayotganiz bilan faxrlanamiz. Bu kabi yutuqlaringiz bardavom boʻlsin.
Barchangizni talabalar kuni bilan yana bir bor qutlab, sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman.

Ilxomjon Tuxtasinov,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube