2024-yil 18-noyabr kuni O‘zDJTU rahbariyatining El-umidi jamg‘armasi bitiruvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda universitet rektori, o‘quv ishlari hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, inson resurslarlarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i  va huquqshunos ishtirok etdi. 

Muloqot davomida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollar, yuzaga kelgan masalalar va ularning takliflari eshitildi. O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov ishtirokchilarning fikrlarini o‘rganib chiqib, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirishda kerakli yordamni berish va ularni qo‘llab-quvvatlashga universitet rahbariyati tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, barcha rahbar-xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube