30-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda Jabborova Hamida Akramovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi “Mediamakonda radionutqning lingvokulturologik aspekti (nutqiy etiketlar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ipmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Zoom onlayn platformasi orqali oʻtkazilgan ilmiy dastur davomida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida taqdimot namoyish etib, ilmiy seminar a’zolarining savollariga javob berdi.