OʻzDJTU universitet Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Djurayeva, universitet psixologi Z.Xayrullayeva, fakultet Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari M.Aripova, F.Ashurova, X.Nishonovalar hamda 7-son TTJ talaba qizlari ishtirokida “Kitobxon ona” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbati davomida soʻzga chiqqanlar oʻzbegimni onalari kitob sevar boʻlishi, har bir jamiyatning olimlari, ziyolilari, ota-onalar millatning maʼnaviy dunyosi qashshoqlanmasligiga, axloqi buzilmasligiga, soxta va buzgʻunchi eʼtiqodlar, madaniyatlar taʼsiriga tushib qolmasligiga masʼul ekanligini taʼkidlashdi.