Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya saralash bosqichi o‘tkazildi
19.03.2026 yil sanasida Ingliz tili 2-fakultetida Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya uchun saralash bosqichi tashkil etildi.
Mazkur jarayon iqtidorli, izlanuvchan hamda ijodkor talabalarni aniqlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Saralash bosqichida ishtirok etgan nomzodlar o‘zlarining keng dunyoqarashi va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, Aleksandr Faynberg ijodini targ‘ib qilish, uning adabiy merosini yoshlar orasida ommalashtirish borasidagi innovatsion yondashuvlar, g‘oyalar va tashabbuslar hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar nafaqat ularning bilim darajasini, balki badiiy tafakkurini ham yaqqol aks ettirdi.
Aleksandr Faynberg nomidagi mazkur stipendiya yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, hamda kelajakda yetuk mutaxassislar sifatida shakllanishlariga xizmat qiladi.
Biz Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi saralash bosqichida faol ishtirok etgan barcha talabalarimizga minnatdorchilik bildiramiz va keyingi bosqichlarda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Amaliyotchi : Ergasheva Shaxnoza Abdujabbor qizi AXJA 2201 guruh 4-bosqich talabasi