Argentina safariga tayyorgarlik va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil 17-aprel kuni Argentina Respublikasiga amalga oshiriladigan xizmat safari hamda ushbu safar doirasida rejalashtirilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarga tayyorgarlik holati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat vakillari, tegishli bo‘lim va kafedra mas’ullari ishtirok etib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2025-yil 15-apreldagi X/136-son buyrug‘i asosida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Argentina Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shartnomalar imzolash, delegatsiya tarkibining tashrif davomida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek, “O‘zbekiston: Bebaho madaniy meros” nomli madaniy-ma’rifiy tadbirni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda belgilangan rejalar asosida delegatsiya a’zolarining safar davomida olib boradigan ishlarini muvofiqlashtirish hamda tashrif samaradorligini oshirishga doir taklif va tavsiyalar bildirildi.