O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik harakati raisi, akademik, professor Alihanov Boriy Botirovich bilan uchrashuv tashkil etildi.
Yosh ekofaol talabalar ishtirokidagi mazkur muloqot “Atmosfera havosi muhofazasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” mavzulariga bag‘ishlanib, suhbat davomida O‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilishning dolzarb masalalari, ekologik tashabbuslarning amaliy ahamiyati, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, Konstitutsiyada belgilangan ekologik huquqlar va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Uchrashuv ekologik madaniyatni rivojlantirish va huquqiy ongni mustahkamlash yo‘lida ochiq fikr almashuv maydoni bo‘lib xizmat qildi.
