Avval xabar qilganimizdek Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazida qisqa muddatli o‘quv kursi tashqil qilingan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mazkur buyruqqa muvofiq ijro intizomi, hujjatlar bilan ishlashda tajribasi katta bo‘lgan oliy ta’lim tashkilot sifatida respublikadagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan tinglovchilarga ish yuritish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishtirish hamda tajriba almashinish borasidagi amaliy mashulotlarni o‘tash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasasi sifatida biriktirilgan edi.
Shu munosabat bilan respublikadagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan tinglovchilarga ish yuritish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishtirish hamda tajriba almashinish borasida amaliyot darslari tashkil qilinib, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i f.f.d. dos. S.Raxmonov hamda Devonxona va arxiv bo‘limi mudiri F.Turayevalar amaliyot darslarini puxta tayyorgarlik bilan o‘tkazishdi.
Mashg‘ulotlar so‘ngida fikrlar almashinib, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Ma’lumot uchun, mazkur amaliyot darslari 28- fevralga qadar davom etadi.