#BITIRUVCHI-2023

Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining faollar zalida magistraturani tamomlagan  talabalar uchun "BITIRUVCHI-2023" tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Tadbirni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Bahrom Kulmatov ochib berdi. 

Unda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar hamda bitiruvchilarning ota-onalari qatnashdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan rektor vazifasini bajaruvchi Bahrom Kulmatov hamda Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Alisher Abidjanov bitiruvchilarga dil soʻzlarini bildirib, kelajakdagi faoliyatlariga muvafaqqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng, badiiy chiqishlarga navbat berilib, kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Tadbir soʻngida tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube