“Clarivate” kompaniyasi vakili ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

28-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi seminar xonasida “Clarivate” kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy vakili Diana Abdumuminova ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda kafedra mudirlari uchun Pivot-RP platformasi imkoniyatlari, undan samarali foydalanish yo‘llari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Web of Science, Scopus va boshqa xalqaro ma’lumot bazalariga kiritilgan indekslangan ilmiy jurnallarda maqola chop etish, ilmiy loyihalar va grantlarga ariza topshirish mexanizmlari haqida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

 

 

Seminar davomida Diana Abdumuminova tinglovchilarning savollariga javob berdi hamda ular uchun platforma orqali mavjud ilmiy imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni taqdim etdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube