O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

 

 

5-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 4-son majlisida Uzokova Shaxnoza Soibnazarovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Badiiy diskursda harakat modifikatorlarining lingvokulturologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Himoya jarayonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar hamda Ilmiy kengash a’zolari ishtirok etishdi. 

Muhokama davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va natijalarining amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube