Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
13-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir an’anaviy (offline) va onlayn (ZOOM platformasi orqali) shakllarda tashkil etildi.
Muhokamada universitetning “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi Xudoyberdiyev Jasur Latipovichning
“Amerika ma’rifatchilik davri va o‘zbek jadid adabiyotida adabiy-siyosiy masalalar talqini”
mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ilmiy seminarda mutaxassislar, ilmiy rahbarlar, kafedra professor-o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Seminar davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy-innovatsion yondashuvi, tadqiqot metodologiyasi va erishilgan ilmiy natijalari atroflicha tahlil qilindi.
Muhokama yakunida ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishi yuqori baholandi va ilmiy kengashga tavsiya etildi.