Dissertatsiya ishining Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi
2026-yil 16-noyabr, soat 14:00da oflayn va onlayn (ZOOM) platforma orqali bo‘lib o‘tadi
Kun tartibi:
Zokirova Shaxzoda Nodirjon qizi 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Televizion nutq zamonaviy tendensiyalarining ritorik aspektda tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi.
Ilmiy rahbar
Teshabayeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Taqrizchilar:
Artikova Mahfuza Ravshanovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent v.b.
Usmonova Shahodat Abdurahimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Ekspert:
Aminova Dilnoza Xikmatilla qizi – filologiya fanlari doktori (DSc), professor