15-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash 17-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengashda Saidova Muhayyo Oktamovnaning 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha "Jurnalistika transformatsiyasiga innovatsion texnologiyalarning ta’siri va kontent yaratishning zamonaviy shakllari" mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy kengash majlisida O'zDJTU rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Ilmiy kengash majlisi odatga ko‘ra, Offline va ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.