20-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Ilmiy seminarda tadqiqotchi Xasanova Vazira Xamidjanovnaning 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi boʻyicha “Rus tilini oʻqitishda nofilologik ta’lim muassasalari guruhlari talabalarida nutq kompetensiyasini shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi oʻtkazildi.
Zoom onlayn dasturi orqali boʻlib oʻtgan ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.