2-noyabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 33-son majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengash yig‘ilishida Xidirova Gulzoda Turdialiyevnaning10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Nemis va o‘zbek tillari agrar terminlarining leksikografik tavsifi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yusub Ismailov ilmiy rahbarlik qilgan dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube