“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘tkazilayotgan qisqa muddatli kurslar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda
Joriy yilning 19-iyul kuni O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida tashkil etilgan “Ilmiy innovatsion faoliyat: tadqiqot, nashr, akademik yozuv hamda ilmiy loyiha integratsiyasi” nomli qisqa muddatli kurs doirasidagi yakuniy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kun “Ilmiy loyiha yozishning metodologik va tashkiliy asoslari” moduliga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotlar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusupov Otabek Yakubovich tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga ilmiy loyiha konsepsiyasi, loyiha taklifi ishlab chiqish bosqichlari, metodologik asoslash, loyiha tarkibiy qismlarini shakllantirish va natijalarni baholash indikatorlarini belgilash kabi masalalar haqida zaruriy nazariy va amaliy bilimlar taqdim etildi. Ishtirokchilar bilan loyihalash jarayonida ilmiy muammoni aniq belgilash, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri asoslash, hamda ilmiy loyiha turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha fikr almashinuvi tashkil etildi.
Yakunda Otabek Yakubovich tomonidan loyiha hujjatlarini xalqaro talablarga mos tayyorlash, loyiha natijalarini aniq va baholanadigan ko‘rsatkichlar asosida belgilashga doir amaliy tavsiyalar berildi. Mazkur modul tinglovchilarda ilmiy loyiha ishlab chiqish va taklif tayyorlashga oid amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.