“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida iqtidorli talabalar uchun 3D modellashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida iqtidorli talaba va o‘quvchilar uchun zamonaviy yo‘nalishlarda onlayn va offlayn shaklda mahorat darslari hamda treninglar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Ayni paytda yoshlar “3D modellashtirish” yo‘nalishida mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar. Darslar davomida ishtirokchilarga 3D dizayn asoslari, modellashtirish texnikalari va tegishli dasturiy ta’minotlardan foydalanish usullari o‘rgatilmoqda.
Mazkur to‘garak texnologiyalarga qiziqqan yoshlar uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda hamda ularning texnik salohiyatini oshirish, raqamli sohalarga yo‘naltirilgan zamonaviy mutaxassis sifatida shakllanishlariga zamin yaratmoqda.

Ushbu tashabbus yoshlarning intellektual salohiyati va kasbiy bilimlarini mustahkamlashga, shuningdek, ularni innovatsion fikrlashga yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube