“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida pedagoglar uchun tajriba almashish turi tashkil etildi
2025-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Mirobod va Bektemir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari vakillari ishtirokida tajriba almashish va tanishuv turi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirokchilar:
• zamonaviy pedagogik yondashuvlar;
• innovatsion o‘qitish metodlari;
• xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, oliy ta’lim tizimida xorijiy til o‘qituvchilari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, metodik qo‘llab-quvvatlash tizimi va amaliy ta’lim muhiti haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Mazkur tashrif tajriba almashinuvi, kasbiy mahoratni oshirish va maktab hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.