Sevara Abdimurodova O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limning 4-bosqich talabasi. U hozirda Rossiya Federatsiyasi Adigey respublikasi Maykop shahrida joylashgan Adigey davlat universitetining “Rus tili xorijiy til sifatida” fakulteti bitiruvchisi.
Sevaraning bugungacha qo‘lga kiritgan yutuqlarini hisoblasak unda ko‘pgina talaba-yoshlarning orzusini ko‘rgandek bo‘lamiz. Ayniqsa, Sevaraning 3-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qib, to‘rtinchi yil Adigey respublikasiga o‘qishga ketishi qanday bo‘lgan? Iqtidorli talaba bu kabi savollarga quyidagicha javob berdi:
– Maktabda davrimdan Rossiya davlatida o‘qishni orzu qilganman. Moskva davlat lingvistika universiteti va O‘zbekiston jahon tillari universitetlari 2018-yilda kelishuv shartnomasini imzolagan. Mazkur qo‘shma dastur 3+1 ta’lim shaklida bo‘lib, 3-yil O‘zbekiston jahon tillari universitetida va 1-yil Moskva davlat lingvistika universitetida (4 va 6 semestrlar) o‘qitilishi belgilab qo‘yilgan. Bu dastur haqida birinchi internetda e’lon ko‘rib qiziqib qolganman va hujjatlarimni topshirishga qaror qilganman. Qo‘shma dastur bizga faqatgina O‘zbekiston davlatida emas balki Rossiya davlatida xam ishlash imkoniyatini beradi. O‘qish mobaynida turli xil millatlarga mansub talabalar o‘qiydi. Xar bir kelgan talaba do‘stlar orttirishi shuningdek ikki uch xil tillarni o‘rganishi mumkin.
— Xalqaro talabalar rus tilini qay darajada bilsa o‘qishni yaxshi o‘zlashtiroladi?
Rus tilini yaxshi bilmagan talabalar sal qiynalishi mumkin, lekin gapirish va tushunish darajasida bo‘lsa amallasa bo‘ladi. Bu turdagi talabalar harakat qilishsa ikki uch oyda tilni yaxshi o‘zlashtiroladi.
— Ushbu dasturga o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga qanday maslahatlar bergan bo‘lardingiz?
Barcha abituriyentlarga mazkur qo‘shma ta’lim dasturga topshirishini maslahat beraman, chunki bu dasturni bitirib talabalar bir vaqtda ikkita diplomni qo‘lga kiritishadi va chet elda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng asosiysi professor mutaxassislardan oliy, sifatli ta’lim olishadi.
Shu bilan birga ular Rossiyaning Adigey Respublikasida bir yil davomida ta’lim olish va xorijga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.