Germaniyaning ASKANIA BILDUNG (Askania Future GmbH) kompaniyasi vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning ASKANIA BILDUNG kompaniyasi rahbari Ingo Yung hamda kompaniya mas’ul xodimi Rodina Margarita Dmitrievna ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet tomonidan rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev, Registrator ofisi bo‘limi boshlig‘i O. Xalillayev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Xakimov hamda Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri I. Ziyadullayev qatnashdi.
Tadbir davomida rektor I. Tuxtasinov tomonidan universitetning bugungi faoliyati, xalqaro aloqalari va ta’lim yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, nemis tili va kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar o‘tkazish, talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish, nemis tili bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish hamda universitetda ASKANIA BILDUNG markazini ochish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
