Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 269-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti” bilan hamkorlikda Gid-tarjimonlar tayyorlash oʻquv kursini tashkillashtirishning oʻquv kursi dasturi va oʻquv rejasi ishlab chiqildi va uch tomonlama tasdiqlandi. Mazkur kurslarga Respublikaning yuqori malakali professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari jalb qilingan. Oʻquv mashgʻulotlari davomida kurs qatnashchilari ikkita diplom bilan biritib, mutaxassis boʻlib chiqishadi.

Universitetning iqtidorli talabalardan iborat xitoy, ispan, italyan, yapon, malay tillari boʻyicha ushbu kursga 72 ta iqtidorli talaba qabul qilindi va kurs tashkil etildi. 

20-dekabr kuni OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov va universiteti rahbariyati ishtirokida mazkur kurs qatnashchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Rektor mashgʻulotda qatnashish istagidagi talabalarga ushbu kursni muvaffaqiyatli bitirib, yaxshi mutaxassis boʻlib yetishishida omad va zafarlar tiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube