ĞOYANGIZNI NAMOYON ETING: MILLIY TANLOVGA START BERILDI
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-yoşlarini inson huquqlari taʼlimi, gender tenglik, iqlim özgarişi va raqamli inklyuziya yönalişlaridagi bilim hamda ijodiy salohiyatini namoyon etişga çorlaymiz!
Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda hamkor vazirlik va idoralar tomonidan «Bolalar va yoşlar uçun inson huquqlari taʼlimi: gender tenglik, iqlim özgarişi va raqamli inklyuziya» mavzusida milliy innovatsion taşabbuslar tanlovi eʼlon qilindi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yoşlarning inson huquqlari sohasidagi bilimlarini kengaytiriş, dolzarb ijtimoiy masalalarga ijodiy yondaşuvini qöllab-quvvatlaş va yangi ğoyalarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş.
Tanlov quyidagi 7 ta nominatsiya böyiça ötkaziladi:
Eng yaxşi öquv kursi — taʼlimning turli bosqiçlari uçun möljallangan öquv kurslari.
Eng yaxşi rasm — bolalar nigohida gender tenglik, iqlim özgarişi va raqamli inklyuziya.
Eng yaxşi videorolik — mazkur yönalişlarni yorituvçi videomateriallar.
Eng yaxşi öquv adabiyoti — bosma va elektron şakldagi öquv naşrlari.
Eng yaxşi maqola — ilmiy va ommabop maqolalar.
Eng yaxşi bilimdon — tegişli yönalişlar böyiça bilim va salohiyatni namoyiş etiş.
Eng yaxşi innovatsion ğoya muallifi — dolzarb muammolarga yangiça yeçimlar taklif etiş.
Kimlar iştirok etişi mumkin?
30 yoşgaça bölgan barça xohlovçilar, jumladan, ÖzDJTU talabalari ham öz bilimlari, ijodiy işlari va innovatsion takliflari bilan qatnaşişlari mumkin.
Arizalarni topşiriş muddati: 15-noyabr.
Tanlovda iştirok etiş uçun kerakli hujjatlar va ijodiy işlarni quyidagi rasmiy platformalar orqali yuboriş mumkin:
Veb-sayt: https://konkurs.nhrc.uz/
Telegram-bot: https://t.me/konkurs_nhrc_uz_bot
Öz ğoyangizni namoyon eting, bilim va ijodingiz orqali inson huquqlari madaniyatini yuksaltirişga hissa qöşing!
Manba: Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi