Hamkorlik davom etmoqda
23-yanvar kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan 164-umumta’lim maktabida xitoy tili fanidan navbatdagi to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti 2324-guruh talabasi Achilova Sevinch tomonidan tashkil etildi.
Dars jarayonida HSK 1 darajasining 5-mavzusi — 他今年二十岁 (Tā jīnnián èr shí suì — “U bu yil 20 yoshga kirdi”) o‘rganildi. Mavzu yuzasidan yangi so‘z va matnlar tarjima qilinib, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar bajarildi. Shuningdek, avvalgi mavzular ham takrorlandi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning xitoy tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida turli interfaol o‘yinlar tashkil etildi, bu esa mashg‘ulotning samarali va qiziqarli o‘tishiga xizmat qildi.