Hamkorlik davom etmoqda

2026-yil 23-fevral kuni Chilonzor tumani 164-umumta’lim maktabida xitoy tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur dars O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti 2324-guruh talabasi Achilova Sevinch tomonidan olib borildi.

Dars davomida xitoy tilida sonlarni aytish, o‘zini xitoy tilida tanishtirish hamda xitoy tilidagi tonlar mavzulari o‘tildi. Avvalgi mavzularni mustahkamlash maqsadida savol-javoblar tashkil etildi. O‘quvchilarning xitoy tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun turli interaktiv metodlardan foydalanildi.

Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida xitoy madaniyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilib, o‘quvchilarning dunyoqarashi kengaytirildi. Gapirish ko‘nikmasini shakllantirish uchun qo‘shimcha savollar asosida muloqot tashkil etildi.

Bundan tashqari, xitoy tilidan HSK imtihonini topshirish tartibi hamda yuqori natijalarga erishish yo‘llari haqida batafsil tushuntirish berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube