Joriy yilning 25-mart kuni "Lingvistika va ingliz adabiyoti" kafedrasi ustozi Nazokat Sadullayeva Ingliz filologiyasi fakulteti 2215-guruh talabalari bilan birgalikda HLMRDV va O'zbekiston tasviriy san'at galereyasiga sayohat qilishdi.

HLMRDV galereyasida taqdim etilayotgan Yura Useinovning Shamshod Abdullaev xotirasiga bagʻishlangan “Kimsan” nomli koʻrgazmasi  talabalarda ulkan taassurot uyg'otdi. 

Ko'rgazma talabalarni tasviriy san'at olami bilan yaqindan tanishishiga, san'at professionalizmini  chuqur o'rganishlariga imkon yaratdi deya olamiz.

     

 

 

O'zbekiston tasviriy san'at galereyasida haykaltarosh Azamat Xatamovning shaxsiy ko'rgazmasi bilan tanishuv esa talabalarning ayni galereyaga ko'proq kelishga ilhomlantira oldi. "Chiziqdan shaklgacha" deb nomlangan ushbu ko'rgazmadagi har bir surat o'ziga xos botiniy va zohiriy mazmun, ramzlarga egaligi, estetik go'zalligi, modern olamda nekbin tuyg'ularni o'zida ifoda etishi bilan talabalar xotirasida muxrlandi, ularning san'atga bo'lgan muhabbatlari oshishiga sabab bo'ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube