IJARADA YAŞOVÇİ TALABALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

IJARADA YAŞOVÇİ TALABALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

 

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda Rus filologiyasi fakulteti tyutori M. Yuldoşeva tomonidan ijarada istiqomat qiluvçi talabalar holidan xabar olindi.

 

Taşrif davomida talabalarning yaşaş şaroitlari, kundalik hayoti va mavjud muammolari örganildi. Şuningdek, talabalar bilan psixologik suhbat ötkazilib, ularga ruhiy barqarorlikni saqlaş, stressli vaziyatlarni boşqariş, öziga bö lgan işonçni mustahkamlaş hamda hayotiy qiyinçiliklarni yengib ötiş böyiça tavsiyalar berildi.

Suhbat jarayonida talabalarni qiynayotgan masalalar tinglanib, zarur hollarda ularga amaliy va psixologik yordam körsatiş muhimligi taʼkidlandi. Bunday taşriflar talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda universitet va talabalar örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaşga qaratilgan.
 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube