Ilmiy kengash yig‘ilishida dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi
14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 17-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur majlis kun tartibidan Bеgmatova Sohiba Mustafoevnaning 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Kazuo Ishiguro distopik romanlarining badiiy o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining himoyasi o‘rin oldi.
Dissertatsiya himoyasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi.
Himoya jarayoni ilmiy kengash a’zolari, opponentlar va mehmonlar ishtirokida ochiq va konstruktiv muhokamalar asosida o‘tdi. Tadbir yakunida kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya yuzasidan ijobiy qaror qabul qilindi.