27- avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Imtihon jarayonlarida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, barcha talabgorlarga omad tiladi. Imtihonlar universitet mas’ullaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiyasi tomonidan olib borildi va nazorat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 606-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, O‘zDJTUda 2024-2025 o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislik ta’limiga talabgorlar topshirgan yo‘nalishidan kelib chiqqan holda suhbat yoki test sinovlari shaklida imtihon topshirishdi.

O‘zDJTUda ta’lim olish istagini bildirgan talabgorlar 2024/2025 o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislik ta’limiga bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirganlar. Xususan,

✅ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (kunduzgi, kechki);

✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili (kunduzgi);

✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili (kechki);

✅ Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar (kunduzgi, sirtqi);

✅ Xalqaro jurnalistika (kunduzgi, sirtqi); 

✅ Siyosatshunoslik (kunduzgi, sirtqi); 

✅ Xalqaro munosabatlar (kunduzgi, sirtqi);

✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili, turk tili;

✅ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tili, turk tili;

✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili;  (kunduzgi, kechki);

✅Filologiya va tillarni o‘qitish: Nemis, ispan, koreys, yapon, xitoy tillari;

✅Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili.

 Qabul natijalari rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilinadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube