Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi PQ- 3682-sonli Qaroriga muvofiq har yili xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlarning faol ishtirokida xalqaro interaktiv innovatsiyalar yarmarkalarini va xalqaro innovatsion-investitsion forumlarni oʻtkazish hamda 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida innovatsion infratuzilmani yanada takomillashtirish, tadbirkorlikni, investitsion salohiyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsilar vazirligi hamda bir qator masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “InnoWeek” innovatsion gʻoyalar haftaligini oʻtkazish belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini taminlash va Oʻzbekiston Respublikasida innovatsion infratuzilmani yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, taʼlimga innovatsiyalarni joriy etish kreativ taʼlimni rivojlantirish maqsadida bugun 18-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar-Yangi Oʻzbekiston tarqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek.uz2023” haftaligi oʻtkazilmoqda.
Mazkur haftalikning bosh maqsadi – xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar oʻrtasida Yangi Oʻzbekistondagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi islohotlar, ularning mohiyati, mamlakatimizda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi innovatsion rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida fikr almashishdan iborat.
Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari, doktarantlar, magistr va iqtidorli talabalar ishtrok etishi rejalashtirilgan.
Innoweek 2023 natijalari Universitet rasmiy (http://uzswlu.uz/)
saytiga va Ilmiy-innovatsion ishlamalarni tijoratlashtirish
boʻlimining rasmiy telegram kanaliga (https://t.me/UzDJTU)
joylashtiriladi.
“Innoweek”dan koʻzlangan maqsadlar:
- Oʻzbekiston va rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalar transferi jarayonini, shuningdek, iqtisodiyot va xususiy tadbirkorlikni real sektor korxonalarida ishlab chiqishni amalga oshirish natijalari bilan amaliy tanishib chiqishni taʼminlash orqali ichki innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni tijoratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- innovatsion gʻoyalarni, texnologiyalar va loyihalashda va ishlab chiqishda va joriy etishda sarmoyalarni keng jalb etish, davlat va xususiy sektorlardagi yutuq va ilm-fanni ichki va tashqi bozorda amalda samarali tatbiq etish;
- sanoat korxonalarini jadal takomillashtirishga, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy tadbirkorlar va investorlar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan mintaqaviy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
- ilmiy tadqiqotlar, innovatsion va ixtirochilik gʻoyalari, texnologiyalari va loyihalari uchun doimiy faoliyat koʻrsatadigan va toʻldirilgan axborot bankini yaratishdir.