IT QUEENS — KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR!

IT QUEENS — KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raislari hamda Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kafedrasi hamkorligida “IT QUEENS — Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning “Raqamli ta’lim” yo‘nalishida Sharq filologiyasi fakulteti talabasi Xurramova E’zozaxon Jamshid qizi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib sertifikat va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

E’zozaxonni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Respublika bosqichida ham omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube