6-noyabr kuni Oʻzbekiston-Yaponiya Markazi Tsukuba Universiteti (NipCa loyihasi), Nagoya Universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi, Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA), Yaponiya Talabalarni qoʻllab-quvvatlash Tashkiloti (JASSO) hamda Oʻzbekistondagi yapon tili oʻqituvchilari uyushmasi koʻmagi ostida Toshkent shahrida navbatdagi “Japan Education Fair 2023” taʼlim koʻrgazmasini boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston-Yaponiya Markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda OʻzDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va tadbirni ochib berdi.
Koʻrgazmaning maqsadi — Oʻzbekistonlik talabalarni Yaponiya universitetlarida taʼlim olish imkoniyatlari bilan tanishtirish, shuningdek, talabalar akademik almashinuv sohasida universitetlararo hamkorlikni va rivojlantirishdan iborat boʻldi.


Mazkur koʻrgazmada Nagoya, Tsukuba, Toyo, Tokio, Musashino, Ritsumeikan universitetlari, Keio universiteti Shonan Fujisava kampusi, Yaponiya xalqaro universiteti, Yamanashi Gakuin universiteti (Xalqaro gumanitar fanlar kolleji), Nagoya iqtisodiyot universiteti, Nagoya savdo va biznes universiteti, Kyoto ilgʻor fanlar universiteti, Ritsumeikan Osiyo-Tinch okeani universiteti vakillari ishtirok etdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube