14-iyun kuni OʻzDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashda tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini koʻrib chiqish, muhokama qilish, tahlil etish va tasdiqlash boʻyicha 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, professor Laylo Tolibjonovna Axmedova raisligida aʼzolar tomonidan tadqiqotchilarning mavzulari, ilmiy ishlarning dolzarblik darajasi, bugungi kundagi oʻziga xos ahamiyati haqida gapirilib, kerakli mulohazalar berildi.
Tadqiqotchilar Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashida oʻz mavzularini muhokamadan oʻtkazdilar.