Ayni damda universitetning asosiy binosida “Yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 muhim tashabbus”ning aynan 4-tashabbusi doirasida Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida “Kitob koʻrgazma yarmarka”lari tashkil etilmoqda.
“Yoshlar matbuoti” va “Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur yarmarkaning bosh maqsadi kitobxonlar uchun oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalaridan jamlangan 580 nomdagi badiiy adabiyotlar taqdim etishdan iboratdir.
Turli yillarda nashr etilgan badiiy adabiyotlardan iborat koʻrgazma talabalarning dunyoqarashini keng rivojlantirish, maʼnan barkamol insonlar boʻlib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Maʼlumot uchun: 5-dekabr kuni Ingliz, Sharq, Roman-german filologiyalari fakultetlarida ham xuddi shunday koʻrgazmalar tashkil etiladi.