Yildan yilga Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida qabul kvotasining oʻsib borayotgani sabab talabalarning turar joy majmuasiga boʻlgan talabi ham ortib bormoqda. Shu bois universitet hududida yangi turar joy majmualarini qurishga boʻlgan ehtiyoj yuzaga kelmoqda.
Kuni kecha OʻzDJTUga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan talabalarga turar joylar qurish boʻyicha loyiha koordinatorlari tashrif buyurdi
Tashrif doirasida 2024-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 563-sonli Qarori asosida turar joyga muhtoj boʻlgan talabalarni talabalar turar joylari bilan taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻrganishlar soʻngida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Uchtepa tumani Zakovat koʻchasi 4-uyda joylashgan Ingliz, Sharq va Roman-german filologiyalari, G9a mavzesi 21 a-uyda joylashgan Ingliz tili 1-2-3 va Tarjimonlik fakultetlari, Chilonzor tumani Muqumiy koʻchasi 104-uyda joylashgan Rus filologiyasi fakulteti binolari hududlarida TTJ qurish boʻyicha rejalar tuzildi.