“Loyihalar tanlovi”

Universitetda talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan loyihalarni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va imkoniyatlar yaratish  maqsadida “Loyihalar tanlovi” tashkil etilgan edi.

1-fevral kuni bo’lib o’tgan universitet kengashida “Mening startap loyiham”, “Ideaton – Uzbekistan 2030”, “Top 10 Innovator” yo‘nalishlari, “Ayollar biznesiga birinchi qadam”, “TechnoWays” yo‘nalishlari bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlar moddiy rag‘bat va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Loyihalar tanlovi”ida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar moddiy rag‘bat va sertifikat bilan taqdirlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube