27-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida Xorij va Boltiqbo'yi mamlakatlaridagi Sputnik multimedia markazlari direksiyasining video-kontent ishlab chiqarish bo'yicha mutaxassisi Dmitriy Budantsev tomonidan mahorat darsi o’tkazildi.
Dars davomida YouTube, TikTok, Telegram ijtimoiy tarmoqlari o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlar, professional video-montaj qilishda foydalaniladigan ilovalar, kontentlarni qiziqarli bo’lishi uchun foydalaniladigan kalit so’zlar haqida ma’lumot berildi.
Mahorat darsi ochiq muloqot tarzida tashkil etilib talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.