6 may kuni Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 15-may Xalqaro oila kuniga bagʻishlagan “Ayol maʼnaviyati oila mustahkamligini taʼminlashda muhim omil ” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, Falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi spiker, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova ishtirok etdi.
Tadbir mehmoni oilada ayol kishining oʻrni, uning mustahkamligini taʼminlashda asosiy omil ekanligi haqida gapirib, hayotiy voqealar bilan tushuntirib berdi. Tadbirda universitetning faol tyutorlari ham ishtirok etdi.
Tadbir yakunida talaba-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis javobini oldilar. Tadbir koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.