Namangan davlat universitetida O‘zbekiston va Rossiya hududlararo oliy ta’lim muassasalari rektorlari konferensiyasi davom etmoqda

Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Rossiya hududlararo oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi konferensiya o‘z ishini izchil davom ettirmoqda.

Konferensiya doirasida tashkil etilgan “Fan, ta’lim va jamiyat hamkorligi: O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi strategik sherikligida til va madaniyatning o‘rni” mavzusidagi uchinchi sho‘ba yig‘ilishida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov va A.S. Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti rektori, professor Gusev Nikita Vladimirovich hamra’is sifatida moderatorlik qildilar.

 

 

Sho‘ba yig‘ilishida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Yosh olimlar kengashi, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, til, madaniyat, fan va ta’lim integratsiyasi, ta’limda globalizatsiya jarayonlari va xalqaro hamkorlik istiqbollari kabi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashdilar.

O‘z nutqida Ilxomjon Tuxtasinov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik tobora chuqurlashib borayotganini, bu yo‘nalishda til va madaniyat asosiy ko‘prik vazifasini bajarayotganini alohida ta’kidladi.

 

 

Yig‘ilish davomida ilm-fan va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator muhim takliflar ilgari surildi. Jumladan:
qo‘shma ta’lim dasturlari yaratish,
professor-o‘qituvchilar almashinuvi tizimini kengaytirish,
qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish,
yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Professor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar konferensiya ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish va yuksak e’tirof bilan kutib olindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube