5-iyun kuni Oʻzbekiston davlat tillari universiteti rektori Ilxomjon Madaminovich Rus filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida rektor o'qituvchilarga o'z malakalarini oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish bo'yicha qator tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, xalqaro almashinuv dasturlarida faol ishtirok etish, xalqaro grantlar uchun ariza topshirish va ilmiy maqolalar chop etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, rektor hukumat qarorlari, yangi 2024-2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish, 2023-2024 oʻquv yilini sifatli yakunlash, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro hamkorlik aloqalarida faol ishtirok etish, moddiy texnik bazadan unumli foydalanish va ichki tartib qoidalarni hurmat qilishga chaqirish haqida soʻzlab, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik va uni oldini olish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalarini berib oʻtdi. O’zDJTU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i B.Hoshimov ham ishtirok etib, o’z fikrlarini o’qituvchilarga yetkazdi.
O'qituvchilar va ilmiy xodimlarga nufuzli xalqaro konferensiyalarda qatnashish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratish niyatini bildirdi. Shuningdek, xalqaro institutlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash zarurligi ta'kidlandi.