ÖzDJTU PROFESSOR-ÖQITUVÇILARI MOSKVADA XALQARO RUS TILI FORUMIDA IŞTIROK ETDILAR

ÖzDJTU PROFESSOR-ÖQITUVÇILARI MOSKVADA XALQARO RUS TILI FORUMIDA IŞTIROK ETDILAR

9–12-noyabr kunlari Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilşunoslik kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori R.U. Madjidova, katta öqituvçi M.O. Nosirova hamda öqituvçi M.Ğ. Yusupbayeva Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida bölib ötgan «Uçu velikomu» II Xalqaro rus tili forumida iştirok etdilar.

9-noyabr kuni forumning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Şuningdek, «Zamonaviy dunyoda rus tili: taʼlim va xalqaro hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar» mavzusida yalpi majlis taşkil etildi. Unda Rossiya Federatsiyasi Maʼrifat vazirligining Taʼlim milliy tizimini integratsiyalaş va xalqaro hamkorlik departamenti direktori U.A. Rassuxanov, Taşqi işlar vazirligining Köp tomonlama gumanitar hamkorlik va madaniy aloqalar departamenti direktori E.V. Galaktionova, «Moya istoriya» gumanitar fanlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi direktori I.V. Yesin, «Rossotrudniçestvo» federal agentligining Rus tilini tarğib qiliş bölimi boşliği O.S. Kuzyotova, «Prosveşçeniye» naşriyoti boş muharririning birinçi örinbosari T.G. Serebryakova hamda A.S. Puşkin nomidagi davlat rus tili instituti prorektori D.A. Gorbatova iştirok etdilar.

Şuningdek, «Turli mamlakatlarda rus tilini öqitiş: milliy taʼlim kontekstlari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro panel sessiyasida Tojikiston, Serbiya, Tunis, Senegal, Livan, Myanma va Pokiston vakillari öz mamlakatlarida rus tilini öqitiş tajribasi, mavjud muammolar va istiqbollar haqida maʼruzalar qildilar.

10-noyabr kuni forum doirasida rus tilini örganişga bölgan motivatsiya va qiziqişni oşiriş, zamonaviy metodik yondaşuvlar, turli taʼlim muhitlarida rus tilini öqitiş, rus madaniyati, adabiyoti va tarixini taʼlim jarayoniga tatbiq etiş, şuningdek, raqamli resurslar va texnologiyalardan foydalaniş masalalariga bağişlangan mavzuli sessiyalar taşkil etildi.

11-noyabr kuni xalqaro loyiha laboratoriyalari faoliyatini davom ettirdi. Unda iştirokçilar tomonidan işlab çiqilgan xalqaro taʼlim loyihalari taqdim etildi va himoya qilindi. Şundan söng «Xalqaro taʼlim hamkorligi: ğoyadan loyihagaça» mavzusida yakuniy sessiya bölib ötdi. Unda xalqaro taʼlim hamkorligini rivojlantiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda turli mamlakatlar taʼlim muassasalari örtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Forum yakunida tantanali yopiliş marosimi bölib ötdi va iştirokçilar bilan umumiy suratga tuşildi. Şuningdek, forum qatnaşçilari uçun Moskva şahrining tarixiy va madaniy maskanlari bilan tanişişga qaratilgan madaniy dastur taşkil etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube