Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘ldi

 

Joriy yilning 12-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida universitetda “Registrator ofisi”ni tashkil etish jarayoni yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. Xususan, ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur tizimni joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning mavjudligi, tashkilotning tashkiliy tuzilmaga kiritilgan o‘zgartishlar asosida rasman tasdiqlangani, ajratilgan shtat birliklarining talaba kontingentiga mosligi va ushbu lavozimlar malakali kadrlar bilan to‘ldirilganiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shuningdek, “Registrator ofisi” faoliyati maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida har tomonlama tahlil qilindi.

 

Monitoring yakunida ishchi guruh tomonidan universitetga metodik yordam ko‘rsatish, tizimni takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va amaliy takliflar berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube