O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari psixologlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning malaka oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 431-son buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalarida psixologik xizmat sifatini yaxshilash, yoshlarning ruhiy barqarorligini oshirish hamda psixologlar o‘rtasida professional hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash doirasida Vazirlik huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2025-yil 2–17-dekabr kunlari oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan psixologlar ishtirokida malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Ushbu o‘quv kursida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z. T. Xayrullayeva ham faol ishtirok etib, kursni muvaffaqiyatli yakunladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube