28-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi tomonidan Malayziyaning turli ta’lim sohalarida faoliyat olib borayotgan ingliz va malay tili o‘qituvchilari bilan  "The role of Intercultural Communication in Teaching English in Malaysia” mavzusida online-seminar tashkil etildi.

Seminarda malayziyalik mutaxxassislar madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti ta'lim yo'nalishi talabalari bilan chet tilini o‘rganishda madaniyatlararo kommunikatsiyaning o‘rni haqida talabalar bilan fikr almashib, chet tillarini o‘qitishda  o'qituvchilar nafaqat o'z o'quvchilariga madaniyatlararo muloqot qanday sodir bo'lishini taqdim etishlari va tavsiflashlari kerak, balki ularni amalga oshirshi mumkin bo'lgan vositalar bilan darslarni boyitib borishlari zarurligini ta’kidlashdi. 

Seminar so’ngida malayziyalik mehmonlar Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti yo’nalishi talabalariga chet tili fanini o’qitish davridagi tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube