O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Italiyada

15-16 may kunlari O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti dekani U.R.Yo’ldoshev, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B.Ergashova, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri K.S.Qodirova, Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri X.S.Xushvaqtovalar Italiyaning Milan IULM universiteti faoliyati va o’quv jarayonlari bilan tanishib, rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishdi. 

Vakillarni Milan IULM universiteti xalqaro bo’lim boshlig’i A.Parravichini hamda Tarjimonlik fakulteti dekani J.Rokka kutib oldi.

 

 

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari italyan talabalariga O’zbekiston va universitet haqida qiziqarli ma’lumotlar jamlangan taqdimot namoyish qilishdi. Shuningdek, har bir delegatsiya a’zosi o’z ilmiy tadqiqot ishi bo’yicha seminar tashkillashtirdi.

Milan IULM universiteti Sinxron tarjima yoʻnalishi magistratura mutaxassisligi talabalari tomonidan oliygoh haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Ketma-ket va sinxron tarjima darslari tahlil qilindi.

Yakunda tomonlar quyidagi kelishuvlarga erishishdi:
 Milan IULM universitetidan 2 nafar magistratura bosqichi talabasi 2025-2026 o’quv yilida O’zDJTU da 1 semestr davomida dars o’tishi;
 Hamkor universitetlar birgalikda Erasmus loyihalarida ishtirok etishi;
 O’zDJTU da arab tilini o’rganayotgan talabalar uchun onlayn seminarlar o’tkazish;
 Ingliz tili tarjima nazariyasi va Ingliz tili amaliy tarjima kafedralari o’qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkillashtirish.

Tashrif mazmunli va samarali muzokaralarga boy bo’ldi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube