27-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi o‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi kun tartibidan Bakirova Xilolaxon Botiraliyevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tili darslarida bo‘lajak muhandislarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish (energetika sohasi terminlari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi o‘rin oldi.
Zoom onlayn dasturi orqali bo‘lib o‘tgan ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.